Qonunchilikdagi yangiliklar

Shaxslarni tasvirga olish va undan foydalanishga faqat unga roziligi bilan yo’l qo’yiladi. Mazkur yangi normallashtirishda jamoachilik muxokamasiga qo’yilgan.

Shaxsning tasviga huquqlarini himoya qilishni ta’minlashni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Fuqalik kodeksiga yangi 100 prim 1 – moddalarni joriy qilmoqda. Ushbu moddalarda shaxsni tasvirga olish, undan foydalanishda shaxsning roziligini olish, rozilik talab etmagan hollar, voyaga etmagan, qatnash muomala layokati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslarning tasvirga huquqlari xodimlari batafsil belgilab berilgan. Shaxsga tasvirga nisbatan munosabatni o’z ichiga oladi. Shu sabablarga ko’ra, o’z kuchini oshirishga yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqdan keng foydalanuvchi vositalarimizni shaxsga tasvirlarni olish va ulardan foydalanishga yordam berishni yanada kuchaytirishni eslatib qo’yamiz.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko‘rsatilishi belgilandi.

Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qilindi hamda hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddati kelgan hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish ta’minotchi korxonalar zimmasiga yuklandi.

Ma’lumot uchun: proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan ko’rsatiladigan xizmatlar.

O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 7 sentabrda qabul qilingan 957-sonli Qonuniga muvofiq, O‘z.R.ning “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 9-moddasi quyidagi tahrirdagi yangi 11-band bilan to‘ldirildi:
“Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida, davlat ta’lim standartiga muvofiq tashkil etadi.”

Ushbu qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 1-ilovasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, umumiy o‘rta ta’lim xizmatlari litsenziyalanuvchi faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Bu nima degani:
Shu kungacha umumiy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan xususiy maktablar ochish litsenziyasiz amalga oshirib kelingan.
Endi esa, yangi qonun bilan kiritilgan o‘zgarishlarga asosan, xususiy maktablar maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan taqdirdagina umumiy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Hurmatli ota-onalar!
Farzandlaringizni hususiy maktabga joylashtirishda albatta ushbu maktabning litsenziyasi bor yo‘qligini tekshirishni esingizdan chiqarmang.

IJTIMOIY SOLIQ IMTIYOZLI STAVKASI MUDDATI UZAYTIRILDI!!!

Hurmatli yakka tartibda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatish bilan shug‘ullanib keluvchi fuqarolar!!!
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-sonli Qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 yanvarga qadar avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilangan edi.

Muhtaram Prezidentimizning 2025 yil 27 fevraldagi PQ-78-sonli Qarori bilan mazkur ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

Ushbu imtiyozli soliq stavkasi aynan qaysi yo‘nalishda faoliyat olib boruvchilar uchun qo‘llaniladi?

▫️ chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
▫️ mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
▫️ avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
▫️ transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
▫️ kompyuter xizmatlari;
▫️ maishiy texnikani ta’mirlash;
▫️ agro va veterinariya hamda ko‘ngilochar maskanlardagi xizmatlar.

E’tibor qarating:

Mazkur imtiyoz 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga tegishli bo‘lib, ularning oylik maoshi 2.887.500 so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim.

Demak, ushbu imtiyozli soliq stavkalaridan foydalanish uchun Siz 3 ta kriteriyaga mos kelishingiz lozim bo‘ladi:
1 – yoshingiz 30 yoshdan oshmagan bo‘lishingiz;
2 – tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishingiz yoxud biror-bir tashkilot xodimi bo‘lishingiz;
3 – oylik maoshingiz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,5 barobari, ya’ni 2.887.500 so‘mdan kam bo‘lmasligi.

Ushbu asosiy kriteriyalarga mos kelmaydigan fuqarolar avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish xizmatini qonunda belgilangan tartibda ko‘rsatishda umumiy tartibda soliqqa tortiladilar.

2025-yil 11-fevraldagi  76-sonli Hukumat qaror  bilan “Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom rasman  tasdiqlandi.

Nizom ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi va shakllarini belgilaydi hamda quyidagilarni nazarda tutadi:

Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy shakllari hamda ushbu faoliyatni amalga oshiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar qo`yildi.

Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish shakllari (ma’ruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, lektsiya, marafon, davra suhbatlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllarda, bevosita yoki onlayn, yakka tartibda yoki guruhlarda, pulli yoki bepul tarzida tashkil etish.

Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi, shu jumladan, ushbu faoliyat tinglovchilari orasida voyaga yetmagan shaxs mavjud bo‘lsa, majburiy tartibda ma’rifiy faoliyat dasturini ishlab chiqish talab qilinadi.

Ma’rifiy faoliyat ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va ma’rifiy faoliyatni amalga oshirishda taqiqlanadigan xatti-harakatlar.(Jumladan amaldagi konstutsion tuzumni, xududiy yaxlitlikni zo`rlik bilan buzishga ommaviy tartibszlikka, noqonuniy yig`ilishlar, miting, ko`cha yurishlari va namoyishlarda ishtirok etishga undash yoki shu kabi holatlar qonun tomonidan taqiqlanadi.)

 Ma’rifiy faoliyat bilan yuridik shaxs tashkil etib yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib shug‘ullanish mumkin.

 Ma’rifiy faoliyat bilan yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnomaga muvofiq pulli asosda shug‘ullanish mumkun.14 yoshdan kichik shaxslarning ma’rifiy faoliyat tadbirlarida tinglovchi sifatida ishtirok etishlariga ularning ota-onasi (qonuniy vakillari) yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

“Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni 27-fevral kuni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi:

turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;

mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;

uy-joy qurilishi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;

uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;

uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.

Yangi farmonga ko‘ra, qurilishga kiritilgan ulush tan olingan aktivga aylanadi!

2025-yil 1-iyuldan boshlab qurilish-pudrat tashkilotlari, develloperlar va buyurtmachilar ulushdorlarning mablag‘larini qurilishga ulush kiritish asosida jalb qilishi faqat notarial tasdiqlangan va kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

 Bu nimani anglatadi?
Qurilishga kiritilgan ulush mulk huquqi tan olingan aktivga aylanadi.
 Ushbu aktivni sotish, ayirboshlash, hadya qilish va garovga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Uy bitmasdan turib ham ulushni boshqa odamga sotish imkoniyati yaratiladi!


Комментарии

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *