Maqolalar

2025 yil 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisi o‘tkazilgan yig‘ilishda bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Majlisda “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilishi taklif etilgan yangi normalar muhokama qilindi. Unga ko‘ra, jamiyat kuzatuv kengashining qarorlarini sirtidan ovoz berish yo‘li bilan qabul qilish hamda jamiyat ishtirokchisining o‘z ulushini boshqa shaxsga oddiy yozma bitim asosida o‘tkazish mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Yana bir muhim o‘zgarishlardan biri bu — dastlabki va sud tergovi jarayonida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llanilmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga nisbatan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan ularning respublika hududidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash tartibi joriy etilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan.

Agar gumonlanuvchining dastlabki va sud tergovidan davlat chegarasini tark etib, yashirinishi yoki uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlaganligi mumkinligiga yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 329-moddasi 2-qismiga muvofiq, qo‘llanilgan garov ehtiyot chorasini uy qamog‘iga almashtirish yo‘li bilan ham ushbu holatga yechim qilish mumkin.

Endilikda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lamagan iste’molchilar ushbu qarzdorlik so‘ndirilgunga qadar vaqtincha elektr energiyasidan uzib qo‘yiladi.

Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2025 yil 21 fevral kuni ma’qullangan 1044-sonli qonun asosida joriy etildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Fuqarolik, Uy-joy kodekslari, “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali amalga oshirildi.

Mazkur qoidani amalda ijro etilishi bilan bog‘liq barchamiz bilishimiz zarur bo‘lgan muhim bir nechta muhim nuqtalarni ko‘rib chiqsak:Masalan: yuqoridagi qonun bilan Fuqarolik kodeksining 468-moddasi yangi 2-qism bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, elektr ta’minoti shartnomasi boshqa majburiyatlarni ham nazarda tutishi mumkinligi qayd etildi.Fuqarolik kodeksining 476-moddasida elektr ta’minoti shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qoidalar belgilangan bo‘lib, ushbu modda normalariga o‘zgartirish kiritilmagan.

Demak, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari iste’molchilarga qo‘shimcha majburiyat yuklash va ta’minotchi korxonalarida iste’molchining elektr energiyasidan vaqtincha uzish huquqi paydo bo‘lishi uchun har bir iste’molchi bilan amaldagi shartnomaga o‘zgartirish kiritish lozim bo‘ladi. Aks holda, ta’minotchi korxonaning Sizni elektr energiyasidan uzish harakati amaldagi shartnomaga zid bo‘lib qolaveradi.

Ushbu o‘zgartirishlarning ikkinchi muhim jihati shundan iboratki, amaldagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 39-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, iste’molchiga maishiy chiqindidan qarzdorlik haqidagi SMS xabarnomani olgan kunidan boshlab qarzdorlikni 5 kunlik muddatda bartaraf etish huquqi berilmoqda. Biroq, qonunning 38-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha normada iste’molchiga berilgan ushbu 5 kunlik muddat nazarda tutilmasdan, maishiy chiqindi qarzdorligi sababli “elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni vaqtincha cheklash” orqali iste’molchining elektr energiyasidan vaqtincha uzib qo‘yish nazarda tutilmoqda.

Shu o‘rinda Sizlarga shuni eslatib o‘tmoqchimizki, Uy-joy kodeksining 133-134-moddalariga muvofiq, qattiq va suyuq maishiy chiqindilar to‘plash va olib chiqib ketish kommunal xizmati uchun to‘lanadigan majburiy to‘lov hisoblanadi va to‘lov o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay har oyda amalga oshirilishi kerak.

Hurmatli iste’molchilar, agar Sizlarga elektr ta’minoti korxonalari tomonidan mazkur qonunchilikdagi o‘zgartirishlar sabab elektr ta’minoti shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv tuzish taklif etilsa, albatta ushbu qo‘shimcha kelishuvda ko‘rsatilgan yangi o‘zgartirishlar, Sizga yuklanayotgan majburiyatlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Zero, ta’minotchi va iste’molchi uchun huquq va majburiyatlar shartnomadan kelib chiqadi.

Barcha ko‘chmas turdagi mulk obyektlari OMMAVIY BAHOLANADI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.03.2025 yildagi PF-43-sonli Farmoniga muvofiq:
2025-2026 yillarda tajriba tariqasida Toshkent shahridagi barcha turar va noturar ko‘chmas mulk obyektlari ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.Bunga sabab sifatida — soliq solishda adolatlilik tamoyilini joriy etish ko‘rsatilgan.Agar Sizning ko‘chmas mulkingiz bo‘yicha soliqlar hali ham inventar qiymatdan kelib chiqib hisoblanayotgan bo‘lsa, bu Siz to‘laydigan mol-mulk solig‘i qiymatining oshishiga olib kelishini anglatadi.Farmonga muvofiq, Kadastr agentligi maxsus vakolatli organ sifatida belgilangan.
3 oy muddatda ommaviy baholash uslubiyoti ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.2025 yil 1 dekabrga qadar Toshkent shahridagi natijalardan kelib chiqib, mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan baza qayta belgilanadi.

QURUVCHILAR UCHUN YANGI JAVOBGARLIK BELGILANDI!!!

O‘zbekiston Respublikasining 03.03.2025 yildagi O‘RQ-1042-sonli Qonuniga muvofiq:
O‘z.R. MJTK yangi 85-1-modda bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra:O‘lchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoki ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish javobgarlikka sabab bo‘ladi.Mazkur qonun 3 oy o‘tganidan so‘ng kuchga kiradi!!!